Aybdorlar elektron reyestrga kiritiladi

Date:

Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish va davlat boshqaruvida ochiqlikni ta’minlash maqsadida qonunchilikka muhim o‘zgartirishlar kiritildi. Yangi tartib korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish bilan birga, bunday huquqbuzarliklarning oldini olishga ham xizmat qiladi.

2026-yil 22-iyunda qabul qilingan O‘RQ–1155-sonli Qonunga muvofiq, korrupsiyaga oid jinoyatda aybdor deb topilgan shaxslar maxsus Elektron reyestrga kiritiladi. Ichki ishlar vazirligi sud hukmi qonuniy kuchga kirganidan so‘ng uch ish kuni ichida ushbu ma’lumotlarni reyestrga joylashtiradi.

Reyestrga kiritilgan shaxslar davlat xizmatiga qabul qilinmaydi, davlat mukofotlari bilan taqdirlanmaydi, saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzod bo‘la olmaydi. Shuningdek, ular davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarini egallashi hamda o‘ziga tegishli yirik biznes subyektlari orqali davlat xaridlarida ishtirok etishi cheklanadi.

Mazkur elektron reyestr Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida yuritiladi. Mutaxassislar ushbu tizim korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish, davlat xizmatida halollik tamoyillarini mustahkamlash va jamoatchilik ishonchini oshirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun