Ilmiy salohiyat yuksaltiriladi

Date:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurib, oliygohdagi ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsion loyihalar hamda zamonaviy laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida yosh olimlar va professor-oʻqituvchilar tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar ko‘zdan kechirilib, ularni amaliyotga keng joriy etish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, universitet rahbariyati va doktorantlar ishtirokidagi uchrashuvda ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro ilmiy reytinglardagi natijalarni yaxshilash, startap va spin-off korxonalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif yakunida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, innovatsion g‘oyalarni amaliy natijalarga aylantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun