Yangi ko‘prik qurilmoqda

Date:

Sariosiyo tumanida M-41 “Bishkek – Dushanbe – Termiz” xalqaro avtomobil yo‘li yo‘nalishida joylashgan Obizarang daryosi ustida yangi ko‘prik va aylanma yo‘l qurilishi davom etmoqda. Loyiha bilan tuman hokimi Odiljon Yaqubov tanishdi.

Hozirda foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan eski ko‘prik demontaj qilinib, transport harakatini uzluksiz ta’minlash maqsadida vaqtinchalik aylanma yo‘l barpo etilmoqda.

Yangi ko‘prikning qurilishi xalqaro ahamiyatga ega yo‘nalishda harakat xavfsizligini mustahkamlash, transport qatnovini barqarorlashtirish hamda yo‘l infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun