Bog‘cha qurilishi boshlandi

Date:

Sariosiyo tumanida maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish va bolalarni bog‘cha bilan qamrab olish darajasini 80 foizga yetkazish bo‘yicha Prezident topshiriqlari ijrosi doirasida yangi loyiha amalga oshirilmoqda.

Galabutta mahallasidagi 45-sonli umumta’lim maktabi hududida davlat-xususiy sherikchilik asosida 150 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishiga start berildi. Tashabbus bo‘sh turgan yer maydonidan samarali foydalanish va hududda bolalar uchun qulay ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan.

Loyiha bilan tanishgan tuman hokimi Odiljon Yaqubov qurilish ishlarining sifatli bajarilishi, muassasaning zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanishi hamda tarbiyalanuvchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilishi muhimligini ta’kidladi.

Mazkur bog‘cha Sariosiyoda maktabgacha ta’lim infratuzilmasini kengaytirish, bolalarni sifatli ta’lim bilan qamrab olish va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini amalda rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun