Tomorqadan baraka topayotgan oila

Date:


Angor tumanining “Xomkon” mahallasida yashovchi Tilovmurod Xudoyorov xonadoni tomorqa yer maydonidan samarali foydalanib kelmoqda.

Xonadonga qarashli 10 sotix yer maydonida 3 yildan buyon issiqxona faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda esa qo‘shimcha 20 sotix ochiq maydonga bodring ekilib, parvarish qilinmoqda.

— Tomorqamizda oilaviy mehnat qilamiz. Mavsumiy ishlar qizg‘in pallada qo‘shimcha ishchilarni jalb etamiz. Yetishtirgan mahsulotimizdan olayotgan daromadimiz yaxshi, — deydi xonadon sohibi Tilovmurod Xudoyorov.

Bugungi kunda tomorqa yerlaridan oqilona va samarali foydalanish aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish hamda ichki bozorni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun