TerDU mutlaq g’olib

Date:

Sport yoshlar salomatligini mustahkamlash, jismoniy chiniqish va irodani tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Shu ma’noda talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan nufuzli musobaqalar ularning sport mahoratini oshirish va hududlararo sog‘lom raqobatni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Termiz davlat universiteti mezbonligida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining kurash turi bo‘yicha Respublika final bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Unda mamlakatimizning 14 ta hududidan kelgan 260 nafar sportchi-talaba g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida Termiz davlat universiteti — 1-o‘rin (5 ta oltin, 2 ta bronza):
Qoraqalpog‘iston davlat universiteti — 2-o‘rin (2 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza);
Jizzax davlat pedagogika universiteti — 3-o‘rin (2 ta oltin, 1 ta kumush);
Navoiy davlat universiteti — 3-o‘rin (2 ta oltin, 1 ta bronza)ni zabt etdi.

Musobaqa yakunida barcha ishtirokchilar matonat va yuksak mahoratni namoyon etgani e’tirof etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun