Soliq oliy maktabi tashkil etiladi

Date:

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar davlat xizmatlarini soddalashtirish, fuqarolar va tadbirkorlar uchun qulaylik yaratish hamda tizimda shaffoflikni oshirishga xizmat qilmoqda. Soliq tizimidagi yangi o‘zgarishlar ham ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirib, zamonaviy va samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yishga qaratilgani bilan аҳamiyatlidir.

Prezident farmoniga ko‘ra, 2027-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘yicha soliq hisobotlari bekor qilinadi va soliqlar vakolatli organlar ma’lumotlari asosida avtomatik hisoblab chiqiladi. Shuningdek, ipoteka kreditlari bo‘yicha soliq imtiyozlari proaktiv tarzda qo‘llanib, ortiqcha to‘lovlar fuqarolarga qisqa muddatda qaytariladi.

Farmonga muvofiq, Soliq qo‘mitasi huzurida Soliq oliy maktabi tashkil etilib, sohaga zamonaviy bilim va malakaga ega kadrlar tayyorlanadi. Bundan tashqari, tizim rivojiga hissa qo‘shgan fidoyi xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida “Soliq xizmati fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun