“Rektor olimpiadasi”: Bilim va salohiyat sinovi

Date:

Yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning intellektual salohiyatini namoyon etish maqsadida Termiz davlat universitetida “Rektor olimpiadasi” yuqori saviyada tashkil etildi.

Olimpiadada viloyatdagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining 150 nafar bitiruvchi sinf o‘quvchilari matematika, tarix, ona tili va adabiyoti, ingliz tili, geografiya hamda huquqshunoslik fanlari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Tanlov jarayonlari shaffof va adolatli tarzda, videokuzatuv ostida olib borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
▪️ Ona tili va adabiyoti — Feruzaxon Mamasaidova;
▪️ Tarix — Dilnoza Norboyeva;
▪️ Ingliz tili — Sabina Sobirjonova;
▪️ Geografiya — Adham Raximberdiyev;
▪️ Matematika — Gavharshod Yo‘ldosheva;
▪️ Huquqshunoslik — Quvonchbek Ramazonov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tadbir viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilib, g‘oliblar universitet tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun