Ekologik tarbiya — kelajak uchun muhim poydevor

Date:

Bugungi ekologik muammolarning oldini olishda bolalarga ekologik bilim va madaniyatni erta yoshdan singdirish muhim аhamiyat kasb etadi. Tabiatni asrash, suv va boshqa resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha shakllangan tushunchalar kelajakda ekologik mas’uliyatli avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Shu maqsadda Qiziriq tumanida “Maktabgacha ta’limda ekologik muhitni yaratish va tabiatni asrash — har bir insonning burchi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va pedagog xodimlar ishtirok etib, bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni kuchaytirish masalalarini muhokama qildi. Seminar davomida chiqindilarni saralash, yashil hududlarni kengaytirish va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha bolajonlarning qiziqarli chiqishlari namoyish etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun