“Ziyoli kelajak” — yoshlar tafakkuriga investitsiya

Date:

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashi, tafakkuri va ma’naviy kamolotini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, yosh avlodning kitobga mehrini oshirish, ularning bilim va tafakkurini boyitishda zamonaviy va boy kutubxona muhitining ahamiyati beqiyosdir.

“Ziyoli kelajak” loyihasi doirasida “Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan tadbirkor Iqroriddin Ayniddinov hamkorligida Termiz shahridagi 9-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasiga 95 turdagi 500 dan ortiq badiiy va ma’rifiy kitoblar taqdim etildi.

Mazkur tashabbus o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, ularning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda. “Ziyoli kelajak” loyihasi esa davlat va xususiy sektor hamda jamoatchilikni ta’lim rivoji yo‘lida birlashtirayotgan muhim tashabbuslardan biridir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun