Yaponiya O‘zbekiston haqida film suratga olmoqda

Date:

Yaponiyaning taniqli teleloyiha ijodkorlari O‘zbekiston bo‘ylab sayohat va madaniy meros haqida hujjatli dastur suratga olmoqda. Loyiha Turizm qo‘mitasi hamda O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.

Tasvirga olish ishlari Toshkent, Samarqand, Buxoro va Nukus shaharlarida olib borilmoqda. Dasturda tarixiy obidalar, sharq bozorlari, Toshkent metrosi, “Afrosiyob” va “Sharq” poyezdlari hamda zamonaviy shahar hayoti aks etadi.

Mutaxassislar fikricha, ushbu loyiha Yaponiyada O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish, mamlakatning boy tarixi va madaniyatini xalqaro auditoriyaga tanitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

ISLOHOTLAR KUCHINI BIRLASHTIRGAN HAMKORLIK

Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida davlat boshqaruvining samaradorligini oshirish,...

Sotsiologiya — zamonaviy jamiyatni anglash kaliti

Bugungi kunda jamiyat misli ko‘rilmagan tezlikda o‘zgarib bormoqda. Raqamli...

Sport festivali g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari o‘rtasida...

Imkoniyat emas, iroda g‘alaba qozondi

Nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘zlarining qat’iyati, matonati va tinimsiz mehnati...
KunTun
KunTun