Raqibini nokaut qildi

Date:

Angliyaning Manchester shahrida joylashgan “Co Op Live Arena” majmuasida o‘tkazilgan professional boks oqshomida o‘zbekistonlik bokschilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Super og‘ir vazn toifasida ringga chiqqan Bahodir Jalolov xorvatiyalik Agon Smakichiga qarshi kechgan jangda ustunlik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan bahsning 8-raundi boshida raqib jamoasi jangni davom ettirishdan voz kechdi va Jalolov texnik nokaut orqali g‘alaba qozondi. Bu uning professional ringdagi 18-g‘alabasi bo‘ldi.

Yana bir hamyurtimiz Javohir Ummataliyev esa yarim og‘ir vaznda polshalik Damian Drabikka qarshi ringga chiqib, ikkinchi raunddayoq nokaut bilan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ushbu natijalar o‘zbekistonlik bokschilarning xalqaro arenadagi nufuzi va sport salohiyati tobora ortib borayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun