Kelajakka ishonchi ortdi

Date:

Termiz shahridagi Yoshlar markazida tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning yutuqlarini e’tirof etish hamda harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.

Tadbirda yoshlar va ota-onalarga harbiy xizmat uchun yaratilayotgan sharoitlar, davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, sport musobaqalari va fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan bir guruh yoshlar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Harbiy orkestrning kuy-qo‘shiqlari va faxriy qorovul jamoasining ko‘rgazmali chiqishlari tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Yakunda esa ishtirokchilar uchun “O‘zbek arsloni” tarixiy filmi namoyish etildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarni jasorat, vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash, ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun