Mehr-oqibat va saxovat — harbiy xizmatchilarga xos fazilat

Date:

Osmoni musaffo, turmushi farovon yurtimizda bayramlar doimo ko‘tarinki kayfiyat, ezgulik va inson qadrini ulug‘lash ruhida o‘tadi. Yurtimizda keng nishonlanayotgan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan joylarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ehson va xayriya aksiyalari, faxriylar hamda ehtiyojmand insonlar holidan xabar olish ishlari davom etmoqda.

Mamlakatimizda keksalarni e’zozlash, bemorlar va nogironligi bo‘lgan insonlar holidan xabar olish, mehr-oqibat va saxovat ko‘rsatish xalqimizning ezgu qadriyatlaridan biridir. Ayniqsa, harbiy xizmatchilar tomonidan amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar Vatan himoyachilari nafaqat yurt tinchligi, balki inson qadri uchun ham xizmat qilishini yana bir bor namoyon etmoqda.

Xususan, 2000–2001-yillarda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida ekstremistik kuchlar tomonidan sodir etilgan fojiali voqealar xalqimizning matonatini sinovdan o‘tkazgan edi. O‘sha og‘ir kunlarda Vatan mustaqilligi va sarhadlar daxlsizligini himoya qilish yo‘lida ko‘plab mard o‘g‘lonlar jon fido qilgan.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayrabod garnizonlarida xizmat qilayotgan harbiylar tomonidan xizmat vaqtida halok bo‘lgan serjantlar Muxiddin Eshtemirov, Mashrab Jo‘rayev va Chori Shamiyevlarning xonadonlariga tashrif buyurildi. Shuningdek, xizmat davomida jarohat olib nogiron bo‘lib qolgan harbiy pensionerlar — katta leytenant Nematullo Jo‘rayev hamda serjant Shuhrat Qayumovlarning ham holidan xabar olindi.

Tashriflar davomida ularga davlatimiz tomonidan ajratilgan pul mukofotlari, oziq-ovqat mahsulotlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Suhbatlarda fidoyi insonlarning jasorati va xizmatlari xalqimiz xotirasida doimo saqlanishi, ularning oilalari esa davlat va jamoatchilik e’tiboridan chetda qolmasligi alohida ta’kidlandi.

Bunday ezgu tadbirlar yurtimizda inson qadri yuksak ekanini, tinchlik va osoyishtalik yo‘lida xizmat qilgan insonlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatilayotganining amaliy ifodasidir.

Akbar Ahmedov,

III darajali serjant

Termiz garnizoni

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bola huquqlariga oid bilimlar mustahkamlandi

Denov tumanida profilaktika inspektorlari ishtirokida “Xalqaro standartlar va milliy...

Roziliksiz reklama SMSlari taqiqlanadi

2026-yil 1-noyabrdan boshlab fuqarolarga ularning roziligisiz reklama mazmunidagi SMS-xabarlar...

Tabiat himoyasi kuchaytirildi

Anomal issiq ob-havo sharoitida Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida...

Portal imkoniyatlari kengayadi

Prezident qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari...
KunTun
KunTun