Gʻalabaning 81 yilligi nishonlandi

Date:

9-may — Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan Termiz shahridagi San’at saroyi majmuasida o‘tkazilgan bayram mushakbozligi voha ahli uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.

Tungi osmonni bezagan rang-barang mushaklar nafaqat bayramona kayfiyat ulashdi, balki xalqimizning tinchlik va osoyishtalik qadri, ajdodlar xotirasiga bo‘lgan cheksiz hurmati hamda bugungi farovon hayotga shukronalik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Minglab fuqarolar va mehmonlar jam bo‘lgan ushbu tantana yurtdoshlarimiz birdamligi, mehr-oqibati va Vatanga sadoqatini namoyon etdi. Ayniqsa, yosh avlod qalbida tarixiy xotirani asrash, urush va mashaqqatli yillarni boshdan kechirgan fidoyilar jasoratini qadrlash tuyg‘ularini kuchaytirishda bunday tadbirlarning ahamiyati beqiyosdir.

Xotira va qadrlash — bu shunchaki sana emas, balki xalqimizning o‘z tarixiga, qahramon ajdodlariga va tinch hayot ne’matlariga bo‘lgan yuksak ehtiromidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun