Xalq dardi tinglandi

Date:

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini joyida o‘rganish davlat idoralari faoliyatining muhim mezoniga aylanmoqda. Sayyor qabullar esa fuqarolarning murojaatlariga tezkor va amaliy yechim topishda samarali platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shu maqsadda Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolayev boshchiligida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida keng ko‘lamli sayyor qabul tashkil etildi. Termiz shahar 2-son texnikumida o‘tkazilgan ochiq muloqotda 150 nafarga yaqin fuqaroning ijtimoiy himoya, bandlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim hamda kommunal xizmatlarga oid murojaatlari tinglandi.

Qabul davomida ayrim masalalar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi. Shuningdek, mutasaddilar mahallalarda bo‘lib, ehtiyojmand oilalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatdi. Bunday uchrashuvlar xalq dardini tinglash, muammolarni tizimli hal etish va aholi ishonchini mustahkamlashda muhim аҳамият kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Grantlar biznesga yo‘l ochar

Xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish va...

Daraxtlarga nafas bering

Termiz shahar ekologik muhitini yaxshilash va yashil hududlarni asrashga...

Qilmishi javobsiz qolmadi

Tabiatga beparvo munosabat nafaqat atrof-muhitga, balki inson salomatligi va...

Murojaat yechim topdi

Jarqo‘rg‘on tumanida fuqarolar murojaati asosida ichimlik suvi ta’minoti bilan...
KunTun
KunTun