Faoliyati tahlil va nazorat ostida…

Date:

Aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish har bir davlat taraqqiyotining muhim mezonlaridan biridir. Zamonaviy boshqaruv, shaffof nazorat va ilmiy tahlil tizimini yo‘lga qo‘yish esa sohada samaradorlikni yanada kuchaytiradi.

Shu maqsadda Prezidentning “Sog‘liqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, Salomatlik va strategik rivojlanish instituti negizida Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi. Markaz aholi salomatligi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, prognozlash hamda sog‘liqni saqlash siyosati samaradorligini baholash bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Klinik audit inspeksiyasi va Kontent mediamarkazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu tizim tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar xavfsizligi va axborot siyosatini samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Farmonga muvofiq, soha xodimlari malakasi baholanib, rahbar kadrlarga zamonaviy tibbiyot menejmenti va moliyaviy boshqaruv bo‘yicha yangi talablar joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun