Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R. Astanaqulova hamda Termiz tuman kengashi deputati R. Shamanov Orol mahallasidagi Axborot-kutubxona markazida bo‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlar va yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish borasidagi ishlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, markaz qoshidagi turkman milliy an’analari va urf-odatlarini aks ettiruvchi muzey ham ko‘zdan kechirildi. Unda milliy madaniy merosni asrab-avaylash va keng targ‘ib etish yo‘lidagi sa’y-harakatlar yuqori baholandi.
Mazkur tashrif yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda milliy qadriyatlarni asrashda bunday maskanlarning ahamiyati katta ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

