Chavandozlar maydonda

Date:

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida Boysun tumani “Inkubod” mahallasi adirliklarida milliy sportimizning eng jo‘shqin ko‘rinishlaridan biri — uloq-ko‘pkari musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Festival umumiy mazmunan xalq og‘zaki ijodi, urf-odatlar va qadriyatlarni namoyon etuvchi yirik madaniy tadbir sifatida nafaqat mahalliy, balki xalqaro miqyosda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Uloq-ko‘pkari bahslari esa festivalning eng hayajonli nuqtalaridan biriga aylandi. Maydonga tushgan chavandozlar o‘zining epchilligi, jasorati va mahoratini namoyon etdi. Dongdor, chopag‘on otlar ustida olib borilgan kurashlar tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni taqdim etdi — ba’zan bir necha chavandoz bir paytning o‘zida uloq uchun kurashib, chang-to‘zon ko‘tarilgan maydonda keskin to‘qnashuvlar yuzaga keldi.

Uloq-ko‘pkari azaldan xalqimizning jasorat, chidamlilik va jamoaviylik kabi fazilatlarini aks ettirib kelgan. Bu o‘yin nafaqat sport, balki milliy qadriyatlarning tirik ifodasi hisoblanadi. Har bir chavandoz uchun bu bellashuv shunchaki g‘alaba emas, balki ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan an’analarni davom ettirishdir.

Musobaqa davomida tomoshabinlarning hayqiriqlari, otlarning shiddat bilan yugurishi va chavandozlarning mardonavor harakatlari maydonga alohida ruh bag‘ishladi. Qizg‘in kechgan bahslar festival ishtirokchilari va mehmonlar qalbida katta taassurot qoldirdi.

Bu kabi tadbirlar milliy merosimizni asrab-avaylash, yosh avlodga yetkazish hamda xalqimizning boy madaniyatini dunyoga tanitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Adib merosi qalblarga maʼnaviyat ulashdi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy...

Harbiylar o‘rtasida kibersport musobaqasiga start berildi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayrabod...

Og‘ir toifadan namunali hududga…

Muzrabot tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida esayotgan o‘zgarishlar epkini hayot sifatini...

“Adolat” islohotlarga kamarbasta

Ezgu g‘oyalar bilan nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining35 yilligi...
KunTun
KunTun