TDMAU — xalqaro energetika alyansiga a’zo

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Xitoyga amalga oshirilgan tashrif doirasida muhim yutuqqa erishdi — oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi bo‘lib “Xitoy — Markaziy Osiyo energetika innovatsion alyansi” a’zoligiga qabul qilindi.

Mazkur a’zolik universitet uchun xalqaro ilmiy maqomni mustahkamlab, Shimoliy Xitoy energetika universiteti bilan sun’iy intellekt va raqamli energetika yo‘nalishlarida qo‘shma laboratoriyalar tashkil etish imkonini yaratadi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilar uchun Xitoyning yirik energetika obyektlarida malaka oshirish yo‘llari ochildi.

Bundan tashqari, Shihezi universiteti tomonidan e’lon qilingan “Silk Road” granti orqali talabalar va bitiruvchilar Xitoyda bepul ta’lim, yotoqxona va stipendiya bilan ta’minlangan holda muhandislik va IT yo‘nalishlarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bu hamkorliklar ta’lim sifatini oshirish, xalqaro tajriba almashish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun