Imtiyozli kreditlar natijadorligi o‘rganildi

Date:

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan “24-tavsiya” ijrosi doirasida mahallalarda nazorat-tahlil ishlari olib borildi. “Pattakesar” mahallasida o‘tkazilgan o‘rganishlarda hokim yordamchisi tavsiyasi bilan ajratilgan imtiyozli kreditlarning amaliy natijalari ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, tadbirkor Gularam Turdiyevaga ajratilgan 100 million so‘m kredit evaziga qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 5 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan. Shuningdek, fuqaro Yu. Pashshaqulovga berilgan 25 million so‘m kredit hisobidan chorvachilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, imtiyozli kreditlar aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu esa mahallabay ishlash tizimining amaliy samaradorligini yaqqol namoyon etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun