Inklyuziv ta’lim: teng imkoniyatlar sari

Date:

Bugungi kunda maktabgacha va maktab ta’lim tashkilotlarida inklyuziv guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ayniqsa nogironligi bo‘lgan bolalarning teng imkoniyatlar asosida ta’lim olishi ta’minlanmoqda. Bu tizimni yanada rivojlantirish maqsadida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan muntazam o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda.

Shu doirada Termiz shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologlari tomonidan “Qo‘llab-quvvatlovchi muhit sari qadam” mavzusida mashg‘ulot tashkil etildi. Unda xodimlarda empatiya va to‘g‘ri muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, xavfsiz muhit yaratish, stereotip va diskriminatsiyani kamaytirish hamda jamoada ijobiy psixologik iqlimni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tashabbuslar inklyuziv ta’lim sifatini oshirish, barcha bolalar uchun qulay va teng ta’lim muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun