Mardlar maydonda

Date:

Milliy kurash — bu nafaqat sport, balki xalqimizning jasorati, mardligi va or-nomusini ifoda etuvchi qadimiy an’anadir. Kurash maydonida har bir olishuv kuch, chaqqonlik va matonatni sinovdan o‘tkazadi, tomoshabinlarga esa chinakam hayajon baxsh etadi.

“Boysun bahori” xalqaro festivali doirasida o‘tkazilgan kurash musobaqasi ham ana shunday ruhda, keskin va murosasiz bellashuvlarga boy tarzda o‘tdi. Turli vazn toifalarida polvonlar gilamga chiqib, o‘z mahoratini namoyish etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, ayollar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida Marjona Ergashova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasida esa 66 kg vazn toifasida Asadbek Moxirov, 81 kg vazn toifasida Alimardon Abdulaxatov, mutlaq vazn toifasida esa Bekmurod Oltiboyev tengsiz deb topildi.

Musobaqa yakunida g‘oliblarga munosib tarzda bosh sovrinlar — “Cobalt” va “Damas” avtomobillari kalitlari hamda boshqa qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Mazkur bellashuv milliy kurashning nufuzi va jozibasini yana bir bor namoyon etib, yoshlar o‘rtasida ushbu sport turiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...

Suvdan qarzingiz yoʻqmi?

2027-yil 1-yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarning...
KunTun
KunTun