Xalqaro sahnada milliy ruh

Date:

Milliy folklor — xalqning ruhi, tarixi va madaniy xotirasini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir. Uni asrab-avaylash va dunyoga targ‘ib etishda “Boysun bahori” xalqaro festivali muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Festival doirasida folklor san’ati yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining “Boysun” folklor-etnografik jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha ham eng munosib jamoalar e’tirof etildi. Qashqadaryoning “Kifti-ob ohanglari” jamoasi milliy qadriyatlarni mahorat bilan ijro etgani uchun, Qirg‘izistonning “Dilgir” ansambli tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lgani uchun taqdirlandi. Vengriyaning “Barkon Dance Ensemble” jamoasi cholg‘u ijrochiligidagi mahorati, Buyuk Britaniyaning “The London International Klezmer Experience” jamoasi sahnaviy talqini, Gretsiyaning “Kyklos” ansambli esa yuqori darajadagi ijrosi bilan ajralib turdi.

Mazkur festival turli xalqlarning boy madaniy merosini bir sahnada jamlab, xalqaro madaniy hamkorlikni mustahkamlash hamda folklor san’atini keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...

Suvdan qarzingiz yoʻqmi?

2027-yil 1-yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarning...
KunTun
KunTun