Aholiga qulaylik

Date:

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida Sariosiyo tumanida izchil ishlar olib borilmoqda. Ana shunday sa’y-harakatlar natijasida Darag‘iston mahallasida homiylik asosida yangi ko‘prik qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov ishtirok etdi. Tadbir davomida yangi ko‘prikning aholi hayotidagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Mazkur inshoot mahalla aholisi uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etib, uning ishga tushirilishi natijasida qatnovdagi mavjud qiyinchiliklar bartaraf etildi. Endilikda aholining harakatlanishi yanada qulaylashib, hududlar o‘rtasidagi masofa amalda qisqardi.

Tuman hokimi qurilish ishlarida faol ishtirok etgan mutaxassislar hamda homiy tashkilotlarga minnatdorlik bildirib, ularning bu ezgu tashabbusi aholi farovonligiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Tashrif doirasida mahalla aholisi bilan sayyor qabul ham o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi va ularni hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...

Cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilarini tarmoqlardan ajratish...

“Burch, jasorat va matonat”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sariosiyo...

“Boysun bahori”: milliy merosga boy sayohat

Erta tongdan Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali...
KunTun
KunTun