Bolajonlar uchun yangi imkoniyatlar

Date:

Sariosiyo tumanida 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Yangi 40-sonli bog‘chaning ochilish marosimida tuman hokimi Odiljon Yaqubov, tegishli bo‘lim mas’ullari, ota-onalar, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Loyiha doirasida “Surxon Qurilish” xususiy korxonasi tomonidan 300 million so‘m mablag‘ evaziga 93-sonli umumta’lim maktabining bo‘sh turgan binosi rekonstruksiya qilinib, zamonaviy talablarga mos muassasa barpo etildi. Bog‘chada oshxona, musiqa zali, bolalar o‘yin maydonchalari, ochiq ayvonlar hamda ta’lim-tarbiya jarayoni uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Mazkur yangi maskan hududdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni kengaytirish, ularning har tomonlama rivoji uchun mustahkam zamin yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun