“Yosh qutqaruvchi – 2026”: g‘oliblar aniqlandi

Date:

Surxondaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda qator hamkor tashkilotlar tomonidan “Yosh qutqaruvchi – 2026” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Unda shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 28 ta jamoa o‘zaro kuch sinashib, bilim va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasida Denov tumani 81-sonli maktab jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi. Kasb-hunar maktablari va akademik litseylar yo‘nalishida esa Termiz tumani Surxon ilg‘or texnikumi jamoasi g‘olib deb topildi.

Tadbir so‘nggida g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Oldingi sahifaAholiga qulaylik
Keyingi sahifaAttestatsiya boshlandi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...

Ustuvor vazifalar belgilandi

Termiz shahridagi San’at saroyida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning...
KunTun
KunTun