Yer — umumiy uyimiz!

Date:

Yosh avlodda tabiatga mehr va ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni atrof-muhitni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash bugungi ta’lim-tarbiyaning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda turli ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, bolalarda ekologik tafakkur mustahkamlanmoqda.

Bandixon tumanidagi 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yer sayyorasi umumiy uyimiz” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda bog‘cha direktorlari, tarbiyachilar va bolajonlar faol ishtirok etdi. Tadbir davomida kichkintoylar Koinot va Yer sayyorasi haqida o‘z bilimlarini namoyish etib, sahna ko‘rinishlari va qiziqarli taqdimotlar orqali ishtirokchilarga mazmunli chiqishlar taqdim etdilar.

Seminar bolalarda tabiatga mehr uyg‘otish, ekologik madaniyatni shakllantirish hamda Yer sayyorasiga nisbatan mas’uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qildi.

Bunday tadbirlar yosh avlodning ekologik dunyoqarashini kengaytirib, ularni tabiatni asrashga ongli yondashuv ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oldingi sahifaMuammolarga yechim bor
Keyingi sahifaPensiya oshadimi?

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun