Nuroniylar e’tiborda

Date:

Mahallalarda tinchlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash jamiyat barqarorligining muhim omillaridan biridir. Shu bois Surxondaryo viloyatida hududlarni obodonlashtirish, aholini birlashtirish hamda ijtimoiy faollikni oshirishda faol ishtirok etayotgan nuroniylarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentning 2024-yil 28-martdagi qishloq joylarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan qarori ijrosi doirasida jamoatchilik nazoratini samarali yo‘lga qo‘yayotgan fuqarolar rag‘batlantirilmoqda. Jumladan, Sherobod tumani “Navbur” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Mahalla nazorati” guruhi a’zosi Ergash Abdunazarovga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbirda uning mahallada hamjihatlikni mustahkamlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish va aholi turmush darajasini oshirishdagi hissasi alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, mahallaning boshqa faol nuroniylari ham munosib rag‘batlantirildi. Bu kabi e’tirof va qo‘llab-quvvatlash ishlari fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirib, mahallalarda yanada sog‘lom va hamjihat muhitni qaror toptirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun