Vatanparvarlik hissi ustuvor

Date:

Yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni yurt himoyasiga sadoqatli qilib voyaga yetkazish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Surxondaryo viloyatining chegaraoldi hududlarida joylashgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh chegarachilar” musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Musobaqaning viloyat bosqichida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari vakillari, faxriylar hamda jamoat tashkilotlari ishtirok etdi. Unda Qumqo‘rg‘on tumanidagi 50-sonli umumta’lim maktabining “Sarhad” jamoasi raqib jamoalar bilan 16 ta shart asosida bellashdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida jamoa faxrli 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Keyingi o‘rinlar mos ravishda Jarqo‘rg‘on tumani va Uzun tumani jamoalariga nasib etdi.

G‘oliblar diplom, esdalik sovg‘alari va ko‘chma kubok bilan taqdirlandi. Bu kabi musobaqalar yoshlarning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini oshirish, ularda vatanparvarlik, jasorat va jamoaviylik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...

Suvdan qarzingiz yoʻqmi?

2027-yil 1-yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarning...
KunTun
KunTun