Yoz o‘tadi soz

Date:

Yozgi ta’til yaqinlashar ekan, bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun hududlardagi oromgohlar faoliyatini sifatli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda oromgohlar xizmat ko‘rsatishga shay holatga keltirilib, ularda qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov mas’ullar bilan birgalikda tumandagi 200 o‘ringa mo‘ljallangan “Sardor-Parvin” bolalar oromgohida bo‘lib, hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni o‘rgandi. Tashrif davomida oromgohni namunali tashkil etish, uning infratuzilmasini yaxshilash hamda bolalar uchun yanada qulay muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mas’ullarga hududda tozalash va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, oromgohning so‘lim va bahavo bo‘lishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab berildi.

Bu kabi sa’y-harakatlar bolalarning yozgi ta’tilni maroqli, mazmunli va xavfsiz o‘tkazishlariga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun