100 ta ish o‘rni yaratiladi

Date:

Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, yangi daromad manbalarini yaratish hamda aholi bandligini oshirish bugungi kunning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda hududlarda zamonaviy agro-loyihalar amalga oshirilmoqda.

Sho‘rchi tumanining “Obodon” mahallasida 6 gektar maydonda kooperatsiya usulidagi issiqxonada banan ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda. Loyiha qiymati 8,3 mlrd so‘mni tashkil etib, uning natijasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Issiqxona to‘liq ishga tushirilgach, yiliga uch martagacha hosil olinib, 550 tonnagacha banan yetishtirish rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha nafaqat hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, balki ichki bozorni sifatli mahsulot bilan ta’minlash va eksport salohiyatini kengaytirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun