Yoshlar “Clean Games”da birlashdi

Date:

Denov tumani hududida ekologik madaniyatni oshirish hamda yoshlar o‘rtasida ijtimoiy faollikni rivojlantirish maqsadida “Clean Games” ekologik musobaqasi tashkil etildi.

    Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi, Yoshlar ishlari agentligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi, O‘zbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi hamda UNICEF hamkorligida amalga oshirilayotgan “Young Climate Champions” dasturi doirasida o‘tkazildi.

    Musobaqada ishtirokchilar jamoalarga bo‘lingan holda belgilangan hududlarda chiqindilarni yig‘ish, saralash va atrof-muhitni obodonlashtirish ishlarida faol qatnashdilar. Jarayon musobaqa ruhi bilan birga, jamoaviy hamkorlik va ekologik ongni shakllantirishga xizmat qildi.

    Dastur doirasida ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tkazildi, ekologik qoidalar bilan tanishtirildi, eko-viktorina va jismoniy faollik mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Asosiy bosqichda esa chiqindilarni yig‘ish va saralash ishlari amalga oshirildi, yakunda g‘olib jamoalar aniqlanib, taqdirlandi.

    Tadbir yakunida yig‘ilgan chiqindilar belgilangan tartibda saralanib, tegishli xizmatlarga topshirildi. Bu jarayon yoshlar orasida ekologik ongni oshirish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.

    Xabarni ulashish:

    Obuna bo‘ling

    Dolzarb xabarlar

    Tavsiya qilamiz
    Related

    “Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

    Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

    Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

    Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

    “Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

    O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

    Istiqlol — muqaddas qadriyat

    O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
    KunTun
    KunTun