Yerga mehr, mehnatga sadoqat

Date:

Uzun tumanining “Yangi shahar” mahallasida istiqomat qiluvchi 70 yoshli Abduali bobo o‘zining mehnatsevarligi va tomorqachilikdagi tajribasi bilan barchaga ibrat bo‘lib kelmoqda. U o‘z xonadonida barpo etgan issiqxonadan yil davomida samarali foydalanib, muntazam daromad olishga erishmoqda.

O‘tgan yil noyabr oyida issiqxonaga ekilgan “Kolumbiya” navli kartoshkadan mo‘l hosil olinib, bozorlarga chiqarildi. Hozirda esa issiqxonada bodringlar yetilib, o‘z hosilini bermoqda. Shuningdek, ochiq maydonda yetishtirilgan kartoshka ham yig‘ishtirib olinib, savdoga yo‘naltirilmoqda.

Abduali bobo issiqxonani bir kun ham bo‘sh qoldirmaydi. Bodring mavsumi yakunlangach, u yerga pomidor ekishni rejalashtirgan.

— Tomorqamdan yiliga 3–4 marta hosil olaman, — deydi otaxon faxr bilan.

Darhaqiqat, mehnatga sadoqat, tajriba va yerdan oqilona foydalanish bu xonadonni barakali daromad manbaiga aylantirgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun