Natijasi tengsiz

Date:

Yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning sport va vatanparvarlik ruhini yuksaltirish borasidagi ishlar o‘z samarasini bermoqda. Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Vatanparvarlar” xalqaro harbiy-sport musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur nufuzli musobaqada Termiz tumanidagi 29-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi Firdavs Fozilov ham Surxondaryo viloyati terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, jamoa g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. U “turnikda tortilish” sharti bo‘yicha ham tengsiz natija ko‘rsatib, 1-o‘rinni egalladi.

Yosh sportchi o‘z ta’lim muassasasida tantanali kutib olindi. Tadbirda tuman hokimligi, Mudofaa ishlari bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi vakillari, ustozlar hamda o‘quvchilar ishtirok etdi.

Uning yutug‘i jismoniy tayyorgarlik, qat’iyat va vatanparvarlik ruhining yorqin ifodasi sifatida e’tirof etildi. Bunday natijalar yoshlar orasida Vatanga sadoqat, intilish va mehnatsevarlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun