Uch medal — uch g‘urur

Date:

Toshkent shahrida o‘tkazilgan nufuzli musobaqada Jarqo‘rg‘on tumani iqtidorli sportchi qizlari munosib ishtirok etib, sovrindorlar safidan joy oldi.

Jasmina Jurayeva, Dilrabo Dulliyeva, Saodat Turayevalar o‘z vazn toifalari bo‘yicha faxrli 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Sportchi qizlarning bu natijalari ularning tinimsiz mehnati, qat’iy intizomi va sportga bo‘lgan yuksak intilishining yorqin ifodasidir.

Umumjamoa hisobida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 225 ball bilan 1-o‘rinni, SKBIOZM 77 ball bilan 2-o‘rinni, Surxondaryo viloyati esa 67 ball bilan 3-o‘rinni egalladi. Mazkur yutuqlar yurtimizda xotin-qizlar sportiga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlarning amaliy samarasini yana bir bor tasdiqlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun