Qat’iyat va mehnat mevasi

Date:

Germaniyaning Berlin shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Jarqo‘rg‘on tumani sportchisi Boburbek Yusupov ilk kun bellashuvlaridayoq yuksak natijaga erishdi.

55 kg vazn toifasida gilamga chiqqan yosh polvon qat’iyat, tezkorlik va matonat evaziga raqiblariga munosib qarshilik ko‘rsatib, yakunda faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur natija Boburbek Yusupovning tinimsiz mehnati, murabbiylar bilan olib borilgan puxta tayyorgarlik va sportdagi izchil intilishining amaliy samarasidir. Uning bu yutug‘i nafaqat tuman, balki butun mamlakat sport jamoatchiligi uchun ham faxrli natija sifatida e’tirof etilmoqda.

Oldingi sahifaNatijasi tengsiz
Keyingi sahifaUch medal — uch g‘urur

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Har bir xonadon daromadli bo‘lishi kerak

Denov tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholi bandligini...

Murosa va muloqot — oilaviy barqarorlik omili

Oiladagi kelishmovchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish,...

Tabiatga e’tibor — amaliy tashabbuslarda

Atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish faqat targ‘ibot bilan...

Yashil hududlar kengaytirilmoqda

Yo‘l infratuzilmasini obodonlashtirish bilan birga, uning atrofida yashil hududlarni...
KunTun
KunTun