Sadoqat qasamin ichishdi

Date:

Denov, Termiz, Sariosiyo va Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi harbiy qismlarda respublikaning turli hududlaridan kelgan yosh askarlarning Vatanga qasamyod qabul qilish marosimlari yuqori saviyada tashkil etildi.

Tantanali tadbirlarda ota-onalar, yaqinlar, nuroniylar hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Marosimlar davlat bayrog‘i ostida, harbiy orkestr sadolari bilan yuksak vatanparvarlik ruhida o‘tkazildi.

Tadbirlarda mudofaa sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan sharoitlar hamda “Bitta askar — bitta kasb” tamoyili asosida yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari alohida ta’kidlandi.

Qasamyod qilgan yoshlar Vatan himoyasi va xalq osoyishtaligi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilishga sodiqlik bildirdilar. Bu kabi marosimlar yoshlar qalbida vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun