GRACE dasturi joriy etiladi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi doirasida keng ko‘lamli o‘rganishlar o‘tkazildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov ishtirokida tashkil etilgan uchrashuvlarda ta’lim muassasalari faoliyati, jumladan GRACE dasturi joriy etilishi va “Halollik darslari” samaradorligi muhokama qilindi. Tumandagi 66 ta ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan “O‘quvchi yoshlar – halollik tarafdori” tadbirlari yoshlar orasida halollik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasidagi xizmat sifati va tizimdagi korrupsiyaviy xavflar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish choralari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganishlar yakunida sohalarni raqamlashtirish, byurokratiyani qisqartirish va ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish zarurligi ta’kidlandi hamda mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

GRACE dasturi joriy etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi doirasida keng...

Ma’naviyat va hamjihatlik targ‘ib etildi

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va...

Shaftoli

— Bolam, chida, homiladorlik dard emas, — ona go‘shakka...

“Sun’iy intellekt” platformasi joriy etiladi

Prezident yig‘ilishda bank kreditlaridan samarali foydalanilmayotganini tanqid qilib, agar...
KunTun
KunTun