Boysunning xalqaro nufuzi yanada oshadi

Date:

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Sariosiyo tumaniga ajratilgan hududda tayyorgarlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Tadbir doirasida hududning boy madaniy merosi, milliy an’analari va turistik salohiyatini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, Sangardak sharsharasi kabi noyob maskanlar, hududga xos zotdor otlar va hisori qo‘ylar namoyishi orqali viloyatning o‘ziga xos jihatlari keng jamoatchilikka taqdim etiladi.

Shuningdek, madaniy chiqishlar, ko‘rgazmalar va targ‘ibot tadbirlarini puxta tashkil etish orqali festivalning mazmunan boy va esda qolarli o‘tishi ta’minlanmoqda. Mazkur festival milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, turizmni rivojlantirish hamda hududning xalqaro nufuzini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun