Moliyaviy intizom kuchaytiriladi

Date:

Surxondaryo viloyatida Hisob palatasi tashabbusi bilan davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan onlayn seminar o‘tkazildi. Unda 2025-yil 18-dekabrdagi PF–252-son Farmoni mazmuni va unda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan muhim masalalar muhokama qilindi.

Seminarda budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, davlat xaridlari va investitsiya loyihalari ustidan nazoratni kuchaytirish, qonunbuzilishlarning oldini olish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, infratuzilma loyihalarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda moliyaviy xavflarni oldindan baholash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur seminar moliyaviy intizomni mustahkamlash, davlat mablag‘laridan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish hamda ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun