Yilda ikki bor

Date:

Surxondaryo viloyatida atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi salomatligini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” oyligining ikkinchi bosqichi boshlandi. Ushbu muhim tashabbus hududda ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida izchil amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha har yili ikki marotaba o‘tkazilib, Ekologiya milliy qo‘mitasi, ichki ishlar organlari hamda sog‘liqni saqlash tizimi hamkorligida tashkil etiladi. Ayni kunlarda viloyatning barcha hududlarida yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bilan birgalikda nazorat va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

“Toza havo” oyligi doirasidagi tadbirlar atmosfera ifloslanishini kamaytirish, ekologik madaniyatni oshirish hamda fuqarolarni tabiatga mas’uliyat bilan yondashishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun