Yoshlar bilan muloqot — e’tibor ifodasi

Date:

Yurtimizda yoshlar siyosatini yanada rivojlantirish, ularning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish maqsadida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan. Ushbu tashabbus doirasida joylarda ochiq muloqotlar tashkil etilib, yoshlar bilan tizimli ishlash yo‘lga qo‘yilmoqda.

Navbatdagi uchrashuv Sherobod tumani Uchyog‘och mahallasida joylashgan 49509-sonli harbiy qismda bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Usmon Alimov, tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etib, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlar bilan ochiq suhbat olib bordilar. Muloqot davomida yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda kelgusidagi kasbiy rivojlanishiga oid imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida tuman hokimligi tomonidan harbiy qismga kompyuter jamlanmalari topshirildi. Bu esa yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Mazkur kabi uchrashuvlar yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda kelajakka ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun