Vazir TISUda

Date:

Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ta’lim sifatini oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda amalga oshirilayotgan tashrif va uchrashuvlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi delegatsiya Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar universitet infratuzilmasi, ilmiy salohiyati hamda ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Bugungi kunda oliygoh dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidagi 50 ga yaqin nufuzli universitetlar bilan hamkorlik qilib, talabalar va o‘qituvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Shuningdek, universitetning INTEAS xalqaro akkreditatsiyasidan o‘tganligi va WDOMS reyestriga kiritilgani ta’lim sifatining yuqori darajada yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatadi. Ilmiy salohiyatning 52 foizga yetgani hamda xalqaro bazalarda yuzlab maqolalar chop etilgani esa uning ilmiy nufuzi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Yakunda delegatsiya amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, hamkorlikni yanada kengaytirish va ilg‘or tajribalarni joriy etish zarurligini ta’kidladi. Bu kabi tashriflar oliy ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun