Yangi nav yaratildi

Date:

Qishloq xo‘jaligida ko‘plab g‘o‘za ekinlari navlari yaratilgan, lekin bu navlarning hammasi ham ekstremal iqlim sharoitlariga mos kelavermaydi. So‘nggi yillarda global ob-havoning o‘zgarishini inobatga olgan holda yangi istiqbolli g‘o‘za navlarini yaratish paxtachilikning eng dolzarb muammosi hisoblanadi. PSUEAITIning Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasida o‘rta tolali g‘o‘zaning yangi Sherobod-SHN navi yaratildi. Yangi istiqbolli navni ishlab chiqarishda katta maydonlarga ekib, yuqori hosil yetishtirishdan iborat. Ushbu nav ertapisharligi, serhosilligi va yuqori tola berishi bilan ko‘pchillik fermer va paxta to‘qimachilik klasterlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Yangi navning umumiy hosildorligi 44-52 s/ga, bir ko‘sakdagi paxta hosili 5,5-6,5 gramm, o‘suv davri 110 kun, tola chiqimi 40-42 foiz, tola metrik raqami 5940, tola pishiqligi 4,5-4,6 g/kuch, tola uzunligi 34-35 mm, mikroneyri 4,4-4,6, solishtirma uzilish kuchi 27,2-28,4 gk/teks, 1000 dona chigit vazni 110-117 gramm, fosfor, kaliy yetarli bo‘lganda 120-125 gramm, ko‘chat qalinligi tuproq unumdorligiga ko‘ra, 100-120 ming/ga, urug‘lik maydonlar ya’ni ko‘chatzorlarda (1-2 yilgi) 55-60 ming tup/ga, avlodi (R1-R2) maydonlarda 80-100 ming tup/ga, Shinjon usulida 76 sm (60+16 sm) qatorli sxemada qum, qumloq yerlarda 150-160 ming tup/ga, ixchamlashtiruvchi biostimulyatorlar qo‘llaniladigan yerlarda 170-180 ming tup/ga
ko‘chat qoldirish mumkin. Tola tipi IV tipga mansubdir.
Paxta hosili chanoq-dan to‘kilib ketmaydi, suv tanqisligiga nisbatan chidamli, ochilish tezligi yaxshi, tolasi oq va mayin, 2017-yil PSUEAITI Surxondaryo ITS, 2018-yilda Hazorbog‘ tajriba uchastkasida ekilib, yaxshi natijalarga erishildi. Sherobod-SHN navi Surxondaryo viloyatining ekstremal iqlim sharoitlarida, anomal issiq kunlar ko‘p bo‘lgan, garmsel shamollar uzoq davom etadigan, havoning nisbiy namligi o‘ta past, tuprog‘i sho‘rlangan, kam gumusli, karbonatlarga boy (8-10%) hududlarda yaratilgan, suv tanqisligiga chidamli. Ushbu navning ishlab chiqarish sinov natijalarini tahlil qilganda yangi nav viloyatning Angor, Termiz, Sherobod, Denov tumanlari fermer xo‘jaliklarida ekilib yuqori (45-48 s/ga) ko‘rsat-kichlarga erishildi.
Termiz tumanidagi PSUEATIning Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasida
3,0 gektar maydonga ekilib, har gektar maydondan 39,8 s/ga; “Ismoiljon-Namuna” fermer xo‘jaligi
4,0 gektarga ekilib, 35,0 s/ga paxta hosili yetishtirilgan. Angor tumanidagi “Sug‘diyona Surxon” fermer xo‘jaligida 2,0 gektar maydonga ekilib, reja 183,8 foizga uddalandi. Sherobod tumanidagi “Mulla Begimqul” fermer xo‘jaligida 80 gektar urug‘lik uchun ekilgan maydondan 34,5 sentner hosil yetishtirib, davlat rejasi 112 foizga bajarilgan.
Denov tumanida 245,1 gektar maydonga yangi nav ekilib tuman bo‘yicha 41,3 sentner hosil yetishtirib olinib, davlat rejasi 107 foizga bajarildi. Shu tumandagi “Zilola, Kamola, Oybek” fermer xo‘jaligida 30 gektar maydondan rekord hosil 48,7 sentnerdan xirmon ko‘tarib, davlat rejasini
120 foizga uddalangan. Ushbu afzalliklarni inobatga olib, kelajakda viloyatda yaratilgan mahalliy Sherobod-SHN navi maydonini viloyatning shimoliy Denov, Oltinsoy, Sariosiyo, Uzun, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlarida ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir.
Ko‘pyillik ishlab chiqarish natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazida o‘tkazilgan ekspert komissiyasi yig‘ilish bayonining 24-dekabr 2025-yil 49-sonli qarori bilan
O‘zbekiston Respublikasi davlat reyestriga kiritildi. Shunga asosan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 12-yanvar 2026-yil 2-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududiga rayonlashtirilib, keng maydonlarga ekishga ruxsat qilindi.
Yangi Sherobod-SHN navi maydoni kengaytirilib, elita urug‘chilik xo‘jaligi tashkil etilsa, sohada katta muvaffaqiyatga erishish aniq.

Bayniyaz Jurayev,
Fan va texnika sohasidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofoti
laureati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, seleksioner olim
Mardonqul Tadjiyev,
qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim, laboratoriya
mudiri, Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti

Jonibek Jurayev,
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexno-
logiyalari ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi nav yaratildi

Qishloq xo‘jaligida ko‘plab g‘o‘za ekinlari navlari yaratilgan, lekin bu...

Himoyachining qalqonga ehtiyoji bor

Bugungi kunda dunyo misli ko‘rilmagan darajada tez o‘zgarmoqda. Axborot...

Mehr sinovidan o‘tgan…

Insoniyat tarixi davomida jismoniy yoki ruhiy imkoniyatlari cheklangan shaxslarga...

Qalblarga ma’rifat urug‘in sochib…

Bugungi kunda yosh avlodni ma’rifatli, keng dunyoqarashga ega qilib...
KunTun
KunTun