G‘urur-iftixordan darak — qasamyod

Date:

“Vatanimga xizmat qilaman!” Bu shunchaki shior emas, balki har bir yigit qalbida yuksak sharaf, mas’uliyat va sadoqat tuyg‘usini mujassam etuvchi muqaddas e’tiqoddir. Yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi va davlat mustaqilligini himoya qilish yo‘lida xizmat qilish esa har bir harbiy xizmatchining eng oliy burchi hisoblanadi.Ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida qasamyod qilgan yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va fidoyilik tuyg‘usi yanada mustahkamlanadi.
Vatanga xizmat qilish — bu mas’uliyat va sadoqat sinovidir. Yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi va davlat mustaqilligini himoya qilish yo‘lida xizmat qilish esa har bir er-yigitning muqaddas burchi hisoblanadi. Ana shunday ezgu maqsadlar yo‘lida qasamyod qilgan yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va fidoyilik tuyg‘usi yanada mustahkamlanadi.
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismlarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarning Vatanga sadoqat qasamyodini qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Termiz tumanidagi harbiy qismda o‘tgan tantanada Chegara qo‘shinlari mas’ullari, faxriy harbiylar, yosh askarlar hamda ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi. Unda Yangi O‘zbekistonda Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakat xavfsizligi, sarhadlar daxlsizligi va xalq osoyishtaligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. Harbiy xizmat har bir yigit uchun sharafli burch ekani alohida qayd etildi.
Marosim davomida yosh askarlar O‘zbekiston xalqiga va Prezidentiga sodiq bo‘lish, Konstitutsiya talablarini vijdonan bajarish hamda davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanali qasamyod qildilar. Ular orasida Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanidan kelgan Laziz Egamqulov ham bor bo‘lib, u bolalik orzusini amalga oshirib, harbiy xizmatni hayot maktabi sifatida qabul qilayotganini ta’kidladi.
Tadbir ishtirokchilari qisqa vaqt ichida harbiy tartib-intizomni o‘zlashtirgan yoshlarning shijoati va vatanparvarlik ruhini yuksak baholadi. Askarlarda shakllanayotgan mas’uliyat, matonat va ishonch ularning kelajakda yurt himoyasida mustahkam tayanch bo‘lishiga zamin yaratadi.
Tantanali marosimda xizmat davomida yutuqlarga erishgan harbiy xizmatchilar mukofotlandi, bir guruh askarlarga esa oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi. Bayramona ruhdagi tadbir kuy-qo‘shiqlar bilan yanada mazmunli tus oldi.
Vatanga qasamyod — bu nafaqat tantanali so‘z, balki yuksak mas’uliyat, fidoyilik va sadoqat timsolidir. Bugungi yosh askarlar qalbida uyg‘ongan vatanparvarlik tuyg‘usi esa yurtimiz tinchligi va sarhadlar daxlsizligini ta’minlash yo‘lida mustahkam tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi nav yaratildi

Qishloq xo‘jaligida ko‘plab g‘o‘za ekinlari navlari yaratilgan, lekin bu...

Himoyachining qalqonga ehtiyoji bor

Bugungi kunda dunyo misli ko‘rilmagan darajada tez o‘zgarmoqda. Axborot...

Mehr sinovidan o‘tgan…

Insoniyat tarixi davomida jismoniy yoki ruhiy imkoniyatlari cheklangan shaxslarga...

Qalblarga ma’rifat urug‘in sochib…

Bugungi kunda yosh avlodni ma’rifatli, keng dunyoqarashga ega qilib...
KunTun
KunTun