Nazorat kuchaytirildi

Date:

Qurilish sohasida tartib-intizom va qonuniylikni ta’minlash yoshlar uchun xavfsiz va zamonaviy yashash sharoitlarini yaratishda muhim o‘rin tutadi. Bunday nazorat ishlari hudud infratuzilmasining sifatli rivojlanishiga xizmat qiladi.

Oltinsoy tumanida Otabek Mavlyanov, tuman prokurori Ravshan Turdiyev, soliq inspeksiyasi boshlig‘i R Boymirzayev hamda ishchi guruh a’zolari ishtirokida ko‘p qavatli uylar qurilishi holati o‘rganildi.

Jarayon davomida qurilish obyektlarining hujjatlari, belgilangan me’yor va talablar asosida olib borilayotgani atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ayrim joylarda aniqlangan noqonuniy qurilish holatlariga nisbatan tegishli choralar ko‘rilib, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Mutasaddilar qurilish ishlarini qonuniy asosda, sifat va xavfsizlik talablariga to‘liq rioya qilgan holda amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.

Mazkur o‘rganish ishlari hududda tartibli va xavfsiz qurilish muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Natijada aholiga munosib yashash sharoitlari yaratilishi hamda shaharsozlik jarayonlarining sifatli rivojlanishi ta’minlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun