Mahorat-u salohiyati namoyon

Date:

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Ibratli oila” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad – jamiyatda oila institutini yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalayotgan, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatga asoslangan ibratli oilalarni aniqlash hamda ularni keng jamoatchilikka namuna sifatida targ‘ib qilishdan iboratdir.
Tanlovda viloyatning turli hududlaridan saralab olingan eng faol va namunali oilalar ishtirok etdi. Ishtirokchilar bir necha shartlar asosida o‘z mahorat va salohiyatlarini namoyon etdilar. Jumladan, oilaning tarixi va qadriyatlari, farzandlar tarbiyasidagi yutuqlari, oila a’zolarining jamiyatdagi faolligi, ma’naviy-ma’rifiy saviyasi hamda ijodiy chiqishlari baholandi. Har bir oila o‘ziga xos chiqishlari orqali tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning chiqishlari malakali hakamlar hay’ati tomonidan xolis va adolatli tarzda baholab borildi. Tanlov yakunida eng yuqori ball to‘plagan oilalar g‘olib deb topilib, diplom, faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir yakunida kichik serjant Х. Bolliyev oilasi jamoasi yuqori natijalarni qayd etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ushbu oila tanlov davomida o‘zining ahilligi, namunali tarbiyasi, milliy qadriyatlarga sodiqligi hamda jamoadagi faolligi bilan alohida ajralib turdi. Ular tomonidan taqdim etilgan ijodiy chiqishlar hakamlar hay’ati va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, g‘olib jamoa vazirlik bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi.
Mazkur tadbir ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, oilalar o‘rtasida do‘stlik, hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Zulfiya Sohibova,
Surxondaryo viloyati FVB
Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun