Nozima chempion bo‘ldi

Date:

Sport bilan shug‘ullanish yoshlar salomatligini mustahkamlash bilan birga, ularda irodani chiniqtirib, yuksak natijalarga erishish motivatsiyasini shakllantiradi. Shu bois yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Buxoro shahrida kurash sport turi bo‘yicha U-15 o‘smirlar (o‘g‘il va qiz bolalar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati (kurash U-15) bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada Jarqo‘rg‘on tumani sport maktabi sportchisi Nozima Bobomurodova o‘zining yuqori mahorati va matonatini namoyish etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alaba nafaqat sportchi uchun, balki butun hudud yoshlari uchun katta ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. Bu kabi natijalar mamlakatda sportga e’tibor ortib borayotganini va iqtidorli yoshlar qo‘llab-quvvatlanayotganini ko‘rsatadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Toshkent sahnasida “Momo yer”

Toshkentdagi Muqimiy teatrida Respublika teatr festivali doirasida Surxondaryo, Samarqand...

Hakim Termiziy merosi dunyo olimlari nigohida

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk alloma...

O‘quvchilar harbiylar bilan uchrashdi

Denov tumanidagi 76-sonli umumta’lim maktabida Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy...

Yagona imtihon joriy etiladimi?

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bilimini baholash va yakuniy imtihonlar tartibini...
KunTun
KunTun