Xo‘jayipok ziyoratgohi yangilanadi

Date:

Ziyoratgoh va tarixiy maskanlarni obodonlashtirish yoshlar uchun ma’naviy tarbiya manbai bo‘lib, ularda tarixga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlaydi. Bunday tashabbuslar ayni paytda ichki turizm rivojiga ham xizmat qiladi.

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov hamda tuman prokurori Ravshan Turdiyev Xo‘jayipok ziyoratgohida olib borilishi rejalashtirilayotgan qayta rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida ziyoratgoh hududini obodonlashtirish, infratuzilmasini yaxshilash va tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddilarga esa hududni zamonaviy talablarga mos ravishda tartibga keltirish, shu bilan birga uning tarixiy va ma’naviy ahamiyatini saqlagan holda rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Mazkur ishlar ziyoratgohning ma’naviy va madaniy ahamiyatini yanada oshirib, uni mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun jozibador maskanga aylantiradi. Natijada esa yoshlar uchun tarix va ma’naviyatni anglash imkoniyati kengayadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Birinchi xato uchun ogohlantiriladi

2027-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlarga nisbatan «Birinchi xato uchun ogohlantirish»...

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar savdoga chiqarildi

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan...

5 mingdan ortiq maktab yangi baholash tizimiga o‘tadi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi yana 1 568 ta umumiy...

“BOSHRABOT”DA YANGI KUTUBXONA OCHILDI

Мustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Boysun tumanidagi Boshrabot mahalla...
KunTun
KunTun